O‘zbekiston fuqarolariga ikki nafardan ortiq farzand ko‘rishga cheklov o‘rnatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Telegram’dagi “Antifake.uz” kanali mazkur xabarlar feyk ekanini ma’lum qildi.

Tarqalgan xabarda ushbu cheklov Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan yangi qonunchilik normasiga ko‘ra, 2023-yildan boshlab o‘rnatilishi va unga amal qilmaganlar jarimaga tortilishi aytilgan.

“Antifake.uz” mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmasligi bildirib, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligi eslatib o‘tgan.

Bunda bir necha yil avval O‘zbekistonda ikkinchi xotinga uylanish ruxsat berilgani haqidagi xabarlar tarqalgan va rad etilgandi.