“Boshdan kechirgan barcha qiyinchiliklardan so‘ng, men hali ham ishim borligidan baxtiyorman”, — deydi Jonni Depp. Biroq so‘nggi yillarda aktyor o‘z ismi bilan bog‘liq mojarolar va sobiq rafiqasi Ember Xyordning ayblovlari fonida deyarli rolsiz qoldi. Ammo sobiq er-xotin o‘rtasidagi ajralish jarayoni tugadi: sudda Depp yutib chiqdi — endi uni yangi va yorqin rollar kutmoqda.

“Edvard qaychiqo‘l” (12+), 1990-yil

Foto: Filmdan kadr

Oppoq teri, kesilgandan qolgan yuzdagi chandiqlar – qaychi qo‘llar bilan yashash oson emas. Ammo har bir maxluqning ham sevgilisi bo‘ladi. Filmda bu rolni yosh Vaynona Rayder ijro etadi. Edvard qaychiqo‘l rejissor Tim Barton va Jonni Depp o‘rtasidagi birinchi hamkorlik ishi hisoblanadi.

“Las-Vegasdagi qo‘rquv va nafrat” (18+), 1998-yil

Foto: Filmdan kadr

Ikki do‘st “Amerika orzusi”ni ro‘yobga chiqarish harakatida Las-Vegasga keladi, lekin buning o‘rniga kutilmagan voqealar girdobiga tushib qoladi... Film gonzo-jurnalist Xanter Tompson asari asosida yaratilgan va narkotiklar haqidagi filmlar ichida eng yuqori reytingga ega bo‘lgan.

“Uyqu jarligi” (16+), 1999-yil

Foto: Filmdan kadr

Voqealar 18-asrda sodir bo‘ladi. Jonni Depp qahramoni boshsiz chavandoz tomonidan sodir etilgan bir qator sirli qotilliklarni fosh qilishi kerak. Tim Bartonning mazkur filmida 19 yoshli Kristina Richchi ham ishtirok etgan.

“Shokolad” (12+), 2000-yil

Foto: Filmdan kadr

Jonni Depp kapitan Jek Chittak rolidan ancha oldin qaroqchiga aylanib ulgurgan. Sekin va uzoq davom etadigan sujetli “Shokolad” ertagida Depp o‘z iste’dodining barcha qirralarini namoyish etadi. Unga go‘zal fransuz aktrisasi Julyett Binosh yordam beradi.

“Karib dengizi qaroqchilari” (12+, 16+), 2003—2017-yillar

Foto: Filmdan kadr

Kapitan Jek Chittak Jonni Deppning eng esda qolarli roli hisoblanadi. Ajoyib sujet va mahoratli aktyorlar ijrosi franshizaning muvaffaqiyatini ta’minlagan.

“Charli va shokolad fabrikasi” (6+), 2005-yil

Foto: Filmdan kadr

Villi Vonkaning sehrli fabrikasi faqat mehribon, kamtar bolalar uchun ochiq. Agar ochko‘z va yovuz bola bo‘lsangiz, Jonni Deppni ham, shokoladli baxtni ham ko‘rolmaysiz.

“Turist” (16+), 2010-yil

Foto: Filmdan kadr

Tashqi ko‘rinish aldamchi. Ayniqsa, Anjelina Jolining jozibasiga mahliyo bo‘lib qolganingizda. Jonni ham aslida o‘zi emas — oddiy amerikalik sayyoh, kasbi bo‘yicha o‘qituvchi niqobi ostida boshqa birov yashiringan.

“Romli kundalik” (16+), 2011-yil

Foto: Filmdan kadr

Sershovqin Nyu-Yorkdagi hayotdan charchagan Jonni Depp qahramoni quyoshli Puerto-Rikoga jo‘nab ketadi. Ammo u qayerga bormasin, o‘zi bilan muammolarini olib yuradi. Albatta, taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi.

“Alisa ko‘zgu orti mamlakatida” (12+), 2016-yil

Foto: Filmdan kadr

Alisa do‘sti, aqldan ozgan Shlyapachini qutqarish uchun vaqtlararo xavfli sayohatga chiqadi. Shlyapachi rolida esa, albatta, Jonni Depp.

“Fantastik maxluqlar: Grindelvald jinoyatlari” (12+), 2018-yil

Foto: Filmdan kadr

Sujetga ko‘ra, uning qahramoni Amerikadan Parijga qochib, sehrli dunyoni zabt etish uchun o‘z armiyasini yig‘adi. Yosh Albus Dambldor va uning sobiq shogirdi Nyut Skamander uning yo‘liga to‘sqinlik qiladi. “Fantastik maxluqlar”ning uchinchi qismida esa Depp o‘rniga Mars Mikkelsen o‘ynaydi — sud jarayonidan so‘ng Warner Bros. kompaniyasi aktyor bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan.