Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—aprel oylarida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatga eng ko‘p oziq-ovqat eksport qilgan davlat Qozog‘iston — 38,2 foiz. Keyingi o‘rinda Rossiya joylashgan — 25,2 foiz. Kuchli uchlikni esa 11,3 foiz natija bilan Braziliya yakunlagan. Keyingi pog‘onalar quyidagicha:

  • Belarus – 4,4 foiz;
  • Pokiston – 3,5 foiz;
  • Boshqa davlatlar – 17,4 foiz.

Avvalroq O‘zbekiston 2022-yilning to‘rt oyida qancha makaron import qilgani ma’lum bo‘lgani, yil boshidan beri Qozog‘istondan 1,1 mln tonna bug‘doy import qilingani xabar qilingandi.