Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining 16-maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Nasafnews” xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 5-may kuni sodir bo‘lgan. Maktabning 9-“d” sinfi o‘quvchisi E.Q. (qiz bola) darsdan so‘ng uyiga borib, arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan va vafot etgan.

Qiz 2006-yil tug‘ilgan. Voqeadan avval o‘qituvchilardan biri uni telefondan foydalangani uchun tergagan va dars vaqtida telefon ishlatish mumkin emasligini aytgan.

Holat yuzasidan hozirda Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish doirasida mutasaddi idoralar (maktab, IIB va MFY) xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Shuningdek,Qarshi shahridagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-B sinf o‘quvchisi Sh.Sh. ham o‘z joniga qasd qilgan. Qayd etilishicha, voqea 6-may kuni kech soat 23:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. “Dars mashg‘ulotlari tugab uyiga borgan va taxminan soat 23:00 lardan keyin uz joniga qasd qilib, vafot etgan”, – deydi maktab mas’ullaridan biri.

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘quvchi qiz 2008-yil tug‘ilgan. Qizning nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani aniq emas.