18:30, 06.07.2020 16730

Mikroto‘lqinli pechda pishloq va smetana qo‘shib ragu pishiramiz

Pishloq va smetana qo‘shib tayyorlanadigan ragu tez tayyorlanishi va yengil hazm bo‘lishi bilan o‘ziga xosdir.

Foto: Lifehacker

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • qovoqcha — 1 dona;
  • ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • pomidor — 1 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • smetana — 100 gr;
  • pishloq — 50 gr.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qovoqchani dumaloq shaklda to‘g‘rang.
  • To‘g‘ralgan qovoqchalarni pechga qo‘yish uchun mo‘ljallangan idishga soling. Tuz, ziravor seping va o‘simlik yog‘i soling.
  • 10 daqiqaga mikroto‘lqinli​ pechga qo‘ying.
  • Pomidor, piyoz va bulg‘ori qalampirini yarim dumaloq shaklda kesing, qovoqchalar ustiga tering va yana 5 daqiqaga pechga qo‘ying.
  • Maydalangan sarimsoqni smetanaga aralashtiring va qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shing.
  • Aralashmani sabzavotlar ustidan quying va yana 7 daqiqaga pechga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!