AQShning Las-Vegas shahrida 1978-yilda qurilgan 18 million dollarlik bunker uy sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Ushbu uyni qurgan inson bu yerda yashaydigan odamlar uyning yer ostida joylashganini his etmasligi uchun imkon qadar harakat qilgan.

1960-yilda qariyb 70 foiz amerikaliklar yadroviy urushdan qochib qutulib bo‘lmaydi, deb hisoblagan.

Turli baholashlarga ko‘ra, 1965-yilda mamlakatda 200 ga yaqin bunkerlar qurilgan, biroq bu ma’lumotni rasman tasdiqlovchi dalillar yo‘q.

Texaslik arxitektor Jey Sueyzi “butilka ichidagi uy” konsepsiyasini o‘ylab topgan. U yerosti bunkerlarini qurgan hamda ularda yer ustidagi odatiy muhitni yaratgan.

Hozirda sotuvga qo‘yilgan uyni ham Sueyzi biznesmen Jirard Xenderson uchun qurgan.

Yerostidagi uyda basseyn, daraxtlar, gullar bor. Uning devorlariga realistik manzaralar chizilgan. Uy ichida inson o‘zini yerostida ekanligini his etmaydi.

Xabarda aytilishicha, uy ichida sharshara, barbekyu hamda tong otishi, kunduz, quyosh botishi, tunni aks ettiradigan yorug‘lik rejimlari mavjud.

Foto: GLVAR

Foto: GLVAR

Foto: GLVAR

Foto: GLVAR

Foto: GLVAR

Foto: GLVAR

Foto: GLVAR

Foto: GLVAR

Foto: GLVAR